Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TOSHKENT SHAHRI ATROF HUDUDIDA SUBURBANIZATSIYA JARAYONINING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT OMILLARINING AHAMIYATI

Nasiba Irankulovna SafarovaNizomiy nomidagi O'zMPU, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsentiNigora Yoqubjon qizi UmurovaGulDU, Geografiya va ekologiya kafedrasi doktoranti
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Toshkent shahri atrof hududlarida suburbanizatsiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillarining ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida urbanizatsiya va suburbanizatsiya jarayonlarining nazariy asoslari, Toshkent aglomeratsiyasining hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda aholining migratsion harakati, transport infratuzilmasi, uy-joy qurilishi, xizmat ko‘rsatish sohasi va investitsion faollikning suburban hududlarga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Toshkent shahri atrofida suburbanizatsiya jarayonlari iqtisodiy o‘sish, yer resurslariga talabning ortishi, transport kommunikatsiyalarining rivojlanishi va demografik omillar ta’sirida jadallashmoqda. Shu bilan birga, suburban hududlarda ekologik muammolar, yer resurslaridan samarasiz foydalanish hamda infratuzilma yuklamasining ortishi kuzatilmoqda.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba