Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

"SURXONDARYO VILOYATINING O'TLOQI-TAQIR TUPROQLARI SHAROITIDA INGICHKA TOLALI G'O'ZANI TURLI USULLARDA SUG'ORISH MUDDATI, ME'YORI VA TARTIBLARI"

Abdirashid ArtikovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti dotsenti, Qishloq xo'jaligi fanlari doktoriSalohiddin JohonovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktorantiLobar MamatqulovaTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti katta o'qituvchisi, Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining o‘tloqi-taqir tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani turli sug‘orish usullarida yetishtirish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlarda egatlab va tomchilatib sug‘orish usullarining sug‘orish muddati, me’yori hamda tartiblari g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri tahlil qilingan. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65 % va 65-70-65 % rejimlarda olib borilgan tajribalar asosida suv sarfi, sug‘orishlar soni va hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi suv resurslarini tejash, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash hamda yuqori va barqaror hosil olishda samarali usul ekanligi aniqlangan. Ayniqsa, azotli o‘g‘itlarni suv bilan birgalikda qo‘llash suv sarfini kamaytirib, g‘o‘zaning hosildorligini oshirishga xizmat qilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba