ABU RAYXON BERUNIY MEROSIDA DINIY BAG'RIKENGLIK KONTSEPTSIYASI VA UNING GLOBAL TSIVILIZATSIYALARARO MULOQOTDAGI O'RNI
Annotatsiya
Ushbu mavzuda Abu Rayxon Beruniy (973–1048) merosida diniy bag‘rikenglik tushunchasi va uning tsivilizatsiyalararo muloqotdagi tutgan o‘rni keng va chuqur tahlil qilinadi. Asosan “Kitob al-Hind” asari misolida turli din va madaniyatlarni hurmat qilish, ularni xolis va ilmiy o‘rganish g‘oyalari, shuningdek allomaning falsafiy-metodologik yondashuvi o‘rganiladi. O‘zbek olimlarining - N.R. Rajabov, B. Yo‘loshev, U. Sultonov, M.X. Hasanov, H. Qalandarov, A.L. Xolmatov, N.O. Tursunov, A.E. Mamatov, I.M. Mo‘minov va boshqalarning - asarlariga tayanib, Beruniy merosining zamonaviy globallashuv va milliy ma'naviy tiklanish kontekstidagi ahamiyati ilmiy asoslanadi. Tadqiqot tarixiy-qiyosiy, qiyosiy-analitik va germenevtik metodologiyaga asoslanadi.