MA'LUMOTLARNI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH UCHUN GENETIK ALGORITMLAR VA ULARNI QO'LLANILISHI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot ishida ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish uchun genetik algoritmlar va ularning imkoniyatlari batafsil keltirib o'tilgan. Hozirgi vaqtga kelib aksariyat sohalarda inson bajaradigan jarayonlarni axborot tizimlari va mashinali tizimlar asosida bajarilmoqda. Buning natijasida boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan tizimlar tarkibidagi ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish keskin rivojlanib bormoqda. Bundan kelib chiqib aholiga xizmat ko'rsatishni yaxshilash va oldindan jarayonlarni boshqarishni optimallashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jarayonlarni boshqarish va optimallashtirish masalalarini hal qilishda genetik algoritmlar samarali vosita bo'lib xizmat qiladi. Bundan kelib chiqib mazkur ilmiy maqolada ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish uchun genetik algoritm texnologiyalarining mexanizmlari va ularni qo'llanlilishi bo'yicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Bunda genetik algoritmlar, ishlash mexanizmlari, matematik modellari va sohalarga qo'llanilishining nazariy asoslari keltirib o'tilgan.
Hali tarjima qilinmagan