POLIMETALL RUDALARNI BOYITISHDA KOMBINATSIYALASHGAN TEXNOLOGIYANING SAMARADORLIGINI TADQIQ ETISH
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada polimetall rudalarni boyitishda gravitatsion va flotatsion usullarni ketma-ket qo‘llash asosida rangli hamda nodir metallarni ajratib olish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda spiralli klassifikatordan olingan mahsulot dastlab KNELSON konsentratorida gravitatsion boyitilib, erkin oltin va og‘ir minerallarning dastlabki konsentratsiyalanishi ta’minlandi. Keyingi bosqichda sulfidli minerallar flotatsiya usulida ajratildi, flotatsiya chiqindilari esa konsentratsion stolda qo‘shimcha boyitildi. Olingan natijalar gravitatsion–flotatsion kombinatsiyalashgan texnologiya qimmatbaho komponentlarning ajratib olish darajasini oshirish, metall yo‘qotilishlarini kamaytirish hamda polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash samaradorligini yaxshilashini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan