Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

DUNYO MIS RUDASI ZAXIRALARI TARKIBIDA OKSIDLANGAN RUDALARNING O‘RNI VA ULARNI QAYTA ISHLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YECHIMLARI TAHLILI

Donyor Bahtiyorovich XoliqulovOlmaliq davlat texnika institutiOlmos Najmidinovich BoltayevOlmaliq davlat texnika institutiMohinur Dilshodqizi ElchiyevaOlmaliq davlat texnika instituti
2026
ABI

Annotatsiya

Global miqyosda misga boʻlgan talabning ortishi oksidlangan va aralash mis rudalarini samarali qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi dunyo mis rudasi zaxiralari tarkibida oksidlangan rudalarning oʻrnini aniqlash, jahonning yirik porfir mis konlarida qoʻllanilayotgan zamonaviy qayta ishlash texnologiyalarini qiyosiy tahlil qilish hamda Qalmoqir koni sharoitida ularni qoʻllash istiqbollarini baholashdan iborat. Tadqiqotda tizimli adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil va analitik-sintetik yondashuv usullaridan foydalanildi. Oʻtkazilgan tahlillar natijasida Qalmoqir koni oksidlangan rudalarining mineralogik tarkibi jahonning yirik porfir mis konlariga oʻxshashligi, biroq rudada oltin va kumushning sanoat ahamiyatiga ega miqdorda mavjudligi hamda misning asosiy qismi oksidlangan minerallar tarkibida uchrashi aniqlanib, xorijiy texnologiyalarni bevosita qoʻllash emas, balki ularni mahalliy geologik va mineralogik sharoitlarga moslashtirish zarurligi asoslandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar