Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA TARMOQQA ULANGAN SFES ASOSIDA SANOAT SOVUTISH KORXONASINI ENERGIYA BILAN TA’MINLASH. 1-QISM. SXEMATIK YECHIMLAR VA EKSPLUATATSION BAHOLASH

Nuraddin Azadovich MatchanovIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiXayrullo Xabibullaevich KulmatovFarg‘ona davlat texnika universitetiShermuhammad Abdushukuro‘g‘li Mo‘minovFarg'ona davlat texnika universitetiMaxliyoxon Xusniddin qizi DexkonovaEnergetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutiBobur Toyiro‘g‘li Shodiyev“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Kirish. Maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida 297 kW quvvatli tarmoqqa ulangan fotoelektr stansiya asosida sanoat sovutish korxonasini energiya bilan ta’minlash sxemasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot tashqi tarmoqdan olinadigan elektr energiyasini kamaytirish, sovutish yuklamalarining ishonchliligini saqlash va elektr energiyasi sifati talablariga rioya etishga qaratilgan. Hisoblashlar natijasida yillik generatsiya 445 MWh, solishtirma ishlab chiqarish 1498 kWh/kW·yil, quvvatdan foydalanish koeffitsiyenti 17,1 % hamda yuklamani qoplash ulushi 23,4 % ekani aniqlandi. Usul va materiallar. Tadqiqot obyekti sifatida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi sanoat sovutish korxonasi tanlandi. Tizim tarkibida 540 ta 550 W PV-modul, 3 ta 100 kW invertor, 0,4/10 kV 1000 kVA transformator, himoya vositalari va SCADA/ASU TP tizimi ko‘rib chiqildi. Baholash integral va balans usullari asosida amalga oshirildi. Natijalar. Yillik generatsiya 445 MWh, o‘rtacha ekvivalent quvvat 50,8 kW ni tashkil etdi. Korxonaning 1,9 GWh yillik iste’moli fonida quyosh generatsiyasi hisobiga qoplanish ulushi 23,4 % bo‘ldi. Umumiy energetik trakt samaradorligi 93 %, yo‘qotishlar esa taxminan 7 % deb baholandi. Xulosa. 297 kW quvvatli tarmoqqa ulangan SFESni sanoat sovutish korxonasining energiya ta’minoti tizimiga integratsiya qilish texnik va energetik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Taklif etilgan yechim tashqi tarmoqdan quvvat olishni kamaytiradi, kritik sovutish yuklamalarining ishonchli ishlashini ta’minlaydi va kelgusida tizimni yanada takomillashtirish uchun asos yaratadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar