Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BIOGAZ ISHLAB CHIQARISH QURILMALARI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI OMILLAR

Komiljon Ruzmetovich YakubovUrganch davlat universitetiOllashukur Otajon o'g'li QurbanovUrganch davlat universitetiRahmatjon Shavkatovich RahimboyevUrganch davlat universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Kirish. Biogaz ishlab chiqarish qurilmalarining samaradorligi ichki (harorat, pH darajasi, C/N nisbati, organik yuklama tezligi – OLR, gidravlik saqlash vaqti – HRT va inhibtor moddalar) va tashqi (iqlim sharoitlari, xom ashyo zaxirasi, iqtisodiy to‘siqlar va texnik bilimsizlik) omillarga bog‘liq. Material va usullar. Mazkur maqolaning maqsadi biogaz ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli ravishda tahlil qilish hamda O‘zbekiston sharoitida ularni optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Natijalar. Adabiyot tahlili asosida optimal qiymatlar (mezofil rejimda harorat 35–40°C, pH 6.8–7.2, C/N 20–30:1) va buzilish oqibatlari (metan hosildorligining 30–80% ga pasayishi) aniqlandi. O‘zbekiston sharoitida sovuq kunlar (psixrofil rejim), chiqindi tashish muammolari va subsidiyalar yetishmasligi asosiy cheklovlar sifatida ko‘rsatildi. Xulosa. Maqolada quyosh yordamida isitish, qo‘shma fermentasiya, mikroaerob sharoit va kichik bioreaktor kabi texnik yechimlar, shuningdek subsidiyalar, ta’lim dasturlari va pilot loyihalarni kengaytirish taklif etildi. Ushbu choralar amalga oshirilsa, O‘zbekistonda biogaz texnologiyalari samarali rivojlanib, qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash va uglerod chiqindilarini kamaytirish maqsadlariga erishish mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar