GELIOISSIQXONADA QUYOSH SUV KOLLEKTORLI ISSIQ POLLI ISITISH TIZIMINING MATEMATIK MODELI VA ENERGIYA SAMARADORLIGI TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Kirish. Gelioissiqxonalarda energiya sarfini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Usul va materiallar. Tadqiqotlarda o‘lchami 8,6×5,8 m bo‘lgan gelioissiqxona tanlanib, issiq polli isitish tizimi uchun PEX Ø16 mm quvurlar serpantin shaklida tuproq ostiga joylashtirildi. Issiqlik almashinuvi jarayonlarini tavsiflash uchun tuproq va ichki havo uchun energiya balansi tenglamalari tuzildi hamda oldinga Eyler usuli asosida diskret matematik model ishlab chiqildi. Tizimning gidravlik parametrlarini aniqlashda suv sarfi, bosim yo‘qotishlari va issiqlik yuklamalari hisoblandi. Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq harorati 20,9-27,6℃ oralig‘ida o‘zgarib, bodring ildiz zonasi uchun optimal 22-25℃ harorat rejimi ta’minlandi. Ichki havo harorati IPIT hisobiga o‘rtacha 4,0-6,3℃ ga oshgani hamda quyosh energiyasi umumiy issiqlik yuklamasining 15,4-50,5% qismini qoplagani aniqlandi. Xulosa. Quyosh suv kollektorli issiq polli isitish tizimi gelioissiqxonada energiya tejamkor va ekologik xavfsiz isitishni ta’minlash imkonini berdi. Ishlab chiqilgan matematik model tizimning issiqlik rejimini baholash va optimal konstruktiv parametrlarini aniqlashda samarali vosita ekanligi bilan ahamiyatlidir. Tadqiqot natijalari gelioissiqxonalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hisobiga barqaror mikroiqlim yaratish va energiya samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan