Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA AVLODLARARO MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHIDA ETNIK VA MILLIY QADRIYATLARNING ROLI

Diyorbek SafarovTermez University of Economics and Service
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ijtimoiy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan avlodlararo munosabatlar tizimida etnik va milliy qadriyatlarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda avlodlar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik masofa, qadriyatlar translyatsiyasi (uzatilishi) va madaniy merosning shaxs ijtimoiylashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Globallashuv jarayonida milliy o‘zlikni anglash va etnik stereotiplarning avlodlararo muloqotga ta’siri qiyosiy tahlil etilgan. Maqolada o‘zbek xalqining milliy mentaliteti, oilaviy munosabatlar iyerarxiyasi va "kattalarga hurmat" tamoyilining psixologik mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda yoshlar va keksalar o‘rtasidagi qadriyatlar transformatsiyasi, konfliktli vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etishda etnik qadriyatlarning integrativ funksiyasi tadqiq etilgan. Maqola natijalari ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya va pedagogika sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba