Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Manyovr teplovozi rama konstruksiyalarining qoldiq resursini kompleks diagnostika va chekli elementlar usuli asosida baholash

О.А. ТурдиевToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekistonSherzamin AbdurasulovToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekistonA. VohidovKimyo International University in TashkentJ. UlugovKimyo International University in TashkentA. MahmudjanovKimyo International University in Tashkent
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada uzoq muddat ekspluatatsiya qilingan TGM-23B turidagi manyovr teplovozi asosiy ramasining joriy texnik holati va qoldiq resursi ilmiy jihatdan baholangan. Tadqiqot obyekti sifatida sanoat korxonasida foydalanilayotgan teplovoz olingan bo'lib, uning yuk ko'taruvchi rama konstruksiyalarida ultratovushli tolshinometriya usuli yordamida kompleks diagnostika ishlari amalga oshirilgan. Olingan faktik o'lchamlar va qalinlik ko'rsatkichlari asosida SOLIDWORKS Simulation dasturiy majmuasida ramaning raqamli 3D chekli elementlar modeli (ChEM) shakllantirilgan. Konstruksiyaning kuchlanganlik-deformatsiya holati (KDH) va toliqishga chidamlilik xususiyatlari amaldagi eng noqulay me'yoriy yuklamalar ta'sirida tahlil qilingan. Raqamli hisoblash natijalari ramaning statik ko'taruvchanlik qobiliyati va mustahkamlik zaxira koeffitsienti talab darajasida saqlanib qolganligini isbotladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba