Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

20GL markali po‘lat tarkibidagi vodorodning metall xossalariga ta’siri hamda uni kamaytirish jarayonlarini tadqiq etish

Nodirjon TursunovKimyo International University in TashkentN. QodirovaToshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekistonZ. RaxmatovaKimyo International University in TashkentM. AbdulazizovKimyo International University in Tashkent
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 20GL markali quyma po‘lat tarkibidagi vodorodning metall xossalariga ta’siri hamda uning miqdorini kamaytirish usullari o‘rganilgan. Vodorod po‘lat tarkibida erigan holda mavjud bo‘lib, uning ortiqcha konsentratsiyasi flokenlar, ichki yoriqlar va boshqa strukturaviy nuqsonlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotda 20GL po‘latining kimyoviy tarkibi asosida vodorodning termodinamik holati Siverts qonuni va o‘zaro ta’sir parametrlari yordamida modellashtirilgan. Vodorodning aktivlik koeffitsiyenti hamda muvozanat konsentratsiyasi hisoblanib, haroratning 1848–1898 K oralig‘ida ortishi metalldagi vodorod eruvchanligini oshirishi aniqlangan. Olingan natijalar asosida quyish haroratini optimallashtirishning vodorod miqdorini cheklashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, pechdan tashqari argon bilan puflash va vakuum ostida ishlov berish usullarining vodorodni kamaytirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari yuqori sifatli quyma po‘lat ishlab chiqarishda vodorod nazoratini takomillashtirish va floken kabi qaytarib bo‘lmaydigan nuqsonlarning oldini olish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba