Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Metropoliten vagonlari aravacha ramalarining ekspluatatsion ishonchliligini chekli elementlar usuli va optimallashtirish modellari asosida baholash

О.А. ТурдиевToshkent davlat transport universiteti, Toshkent, UzbekistanSherzamin AbdurasulovToshkent davlat transport universitetiA. VohidovKimyo International University in TashkentJ. UlugovToshkent davlat transport universitetiA. MahmudjanovToshkent davlat transport universiteti, Toshkent, Uzbekistan
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada metropoliten vagonlari aravacha ramalarining uzoq muddatli ekspluatatsiya jarayonidagi texnik holati va ishonchliligi tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida aravacha ramalarida yuzaga keladigan tipik nosozliklar tizimlashtirilib, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlangan. Chekli elementlar usuli (ChEU) yordamida konstruksiyaning kuchlanganlik-deformatsiya holati (KDH) va mustahkamlik zaxirasi koeffitsienti tahlil qilingan. Shuningdek, ramalarning qoldiq resursini baholash va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonini optimallashtirish maqsadida Palmgren-Maynerning charchoqlik nazariyasiga asoslangan matematik model taklif etilgan. Modelning simpleks-usul yordamida yechilishi “foydalanilgan resurs bo‘yicha xizmat ko‘rsatish”dan “texnik holati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish” strategiyasiga o‘tish hamda rejadan tashqari ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba