NAVOIYNING FORSIY QIT'ALARIDA SHE'R VA SHOIRLIK KONSEPSIYASI: BADIIY IJOD, ADABIY MEZONLAR VA BADIIY SALOHIYAT TALQINI
Masutova Shaxlo OmonovnaNavoiy davlat universiteti tayanch doktoranti
2026uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning forsiy qit’alarida ifodalangan she’r va shoirlik haqidagi qarashlari badiiy ijod, adabiy mezonlar va ijodiy salohiyat nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirlik faqat badiiy faoliyat sifatida emas, balki axloqiy va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq tizim sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Tahlil uchun Navoiy forsiy qit’alaridan to‘rtta namuna tanlab olindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shoirlik haqidagi tasavvur badiiy haqiqatni anglash, kamtarlik, o‘zgalar ijodiga hurmat, o‘z ijodiga muhabbat va faxr, shuningdek, shoirlikdan maqsad kabi adabiy mezonlar va ijodiy imkoniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida shakllanadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba