TURIZM XIZMATLARINI MINTAQALAR BO'YICHA TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur mavzuda turizm xizmatlarini mintaqalar bo‘yicha takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Hududlarning tabiiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy xususiyatlaridan kelib chiqib turizm xizmatlarini rivojlantirish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, har bir mintaqaning o‘ziga xos salohiyatidan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish, transport va axborot infratuzilmasini yaxshilash, mahalliy turizm mahsulotlarini diversifikatsiya qilish hamda turistlar ehtiyojiga mos xizmat ko‘rsatish tizimini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida mintaqaviy yondashuv asosida turizm xizmatlarini takomillashtirish hududiy iqtisodiy faollikni kuchaytirish, bandlikni oshirish va turizm samaradorligini yuksaltirishning muhim omili ekanligi ko‘rsatib beriladi.