Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

QURITILGAN BIOLOGIK SUYUQLIK TOMCHILARI KRISTALLANISH KINETIKASI VA MORFOLOGIYASI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Quritilgan biologik suyuqlik tomchilari mineral-tuz, ion va oqsil tarkibiga bogʻliq oʻziga xos naqsh hosil qiladi va diagnostik ma'lumot tashiydi. Ushbu maqolada NaCl eritmalari tomchilarining kristallanish kinetikasi ma'lumotlaridan kelib chiqib, naqsh morfologiyasini miqdoriy tavsiflovchi deskriptorlar (nukleatsiya zichligi, oʻrtacha kristall oʻlchami va tartiblilik indeksi) hisoblandi. Qurish/kristallanish tezligi konsentratsiya bilan ortgani sayin (0,1146 → 0,1289 mm³/min) nukleatsiya zichligi ≈ 12,5% ga ortadi, oʻrtacha kristall oʻlchami ≈ 3,8% ga kichrayadi, naqsh tartiblilik indeksi (O) esa 0 dan (sof suv) 1 gacha (1,7%) oʻzgaradi; fiziologik 0,9% eritma O ≈ 0,73 ni egallaydi. Demak yuqori konsentratsiya tartibliroq (mayda kristalli), past konsentratsiya esa diffuzroq naqsh beradi. Natijalar tuz konsentratsiyasini boshqarish quritilgan tomchi diagnostikasida naqshlar farqini kuchaytirishi mumkinligini koʻrsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba