Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARNING O'RNI

Ibragimova Gulzoda NabiyevnaTIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, "Metrologiya va muhandislik loyihalash" kafedrasi assistenti (PhD)Qalbaeva GulbanuTIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, Geodeziya va geoinformatika yo'nalishi, 2- kurs talabasi
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada metrologiya va standartlashtirish fanini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishda interfaol metodlarning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va pedagogik samaradorligi tadqiq etiladi. Muammo asosida ta’lim (PBL), loyihaviy o‘qitish (PjBL), teskari sinf (Flipped Classroom), virtual laboratoriya va kooperativ o‘qitish metodlarining ushbu fanga tatbiq etilish yo‘llari tahlil qilinadi. Freeman va boshq. (2014) metaanalizi, ISO/IEC 17024:2012 talablari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g’risida”gi qonuni (O‘RQ- 588, 2019) va “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi (PF-60, 2022) asosida interfaol ta’limning ilmiy ustunligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlarni tizimli joriy etish talabalarning amaliy kompetensiyasini va kasbiy tayyorgarlik darajasini sezilarli oshiradi. Maqola oxirida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan beshta amaliy tavsiya bayon etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba