Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BACHADONDAN ANOMAL QON KETISHLAR

Samarova Munira AdxamovnaAkusherlik va ginekologiya ,oilaviy tibbiyotga ginekologiya kafedrasi ikkinchi kurs magistrantiIsmoilova Madina Rasuljon qiziAkusherlik va ginekologiya ,oilaviy tibbiyotga ginekologiya kafedrasi ikkinchi kurs magistrantiXurmatova Dilya AdashevnaAkusherlik va ginekologiya ,oilaviy tibbiyotga ginekologiya kafedrasi mudiri
2026uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Bachadondan anomal qon ketishlar (BAQK) reproduktiv yoshdagi, perimenopauzal va postmenopauzal ayollar orasida keng tarqalgan ginekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu patologiya ayollarning reproduktiv salomatligi, hayot sifati hamda mehnat qobiliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Anomal qon ketishlarning etiologiyasi turli xil bo‘lib, gormonal disfunksiyalar, endometriy patologiyalari, bachadon miomasi, poliplar va koagulopatiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda diagnostika va davolash usullarining takomillashuvi ushbu kasallikni erta aniqlash hamda samarali davolash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Mazkur maqolada bachadondan anomal qon ketishlarning etiologik omillari, klinik kechishi, zamonaviy diagnostik yondashuvlari va davolash tamoyillari tahlil qilingan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba