Qizil lavlagi va qizil sabzi navlaridan sukat ishlab chiqarishdagi texnologik baholashlar
Annotatsiya
Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishdan asosiy maqsad va vazifasi bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlari ya'ni sabzavotlarni qayta ishlangan holatda saqlash va ularni qo'shimcha ishlovsiz oziq-ovqat mahsulotlarida ishlatishga tayyorlashdir. Qayta ishlash jarayonida xomashyoda murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo'ladi. Agar ishlab chiqarish texnologiyasi buzilgan bo'lsa, ular mahsulotning ozuqaviy qiymatini pasaytirishi yoki ularning buzilishiga olib kelishi mumkin. Qayta ishlangan sabzavotlar vitaminlar, minerallar, biologik faol moddalarning maksimal miqdorini saqlashi bilan birga yuqori ozuqaviy qiymatga ega bo'lishi ham kerak bo'ladi. Qizil lavlagi, qizil sabzi O'zbekiston Respublikasining deyarli barcha hududida ommaviy yetishtirilishini hisobga olsak, ular qayta ishlash va saqlash uchun, foydali hamda qimmatli xomashyo hisoblanadi. So'nggi paytlarda sabzavotlardan (Tsukat) shakarlangan mevalar ishlab chiqarishga qiziqish ortishi sezilarli darajada ortdi. Buning sababini dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Turli ishlab chiqarish korxonalarida tsukat ishlab chiqarishning texnologik sxemalari o'ziga xos xususiyatga ega. Ishlab chiqarilgan tsukatlarning sifati va ozuqaviy qiymatiga xomashyo sifatida ishlatilgan (qizil lavlagi, qizil sabzilarning) navlari qaysi hududda yetishtirilganligi hamda ularning duragaylashganligi sabab bo'ladi.