Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

SON SUYAGI BO'YNI SINISHLARIDA KOMPYUTER 3D-REJALASHTIRISH VA RAQAMLI JARROHLIK USULIDA DAVOLASH

Murodjon IrismetovDirektor TFD ProfessorShuhrat UsmonovPHD,Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziAnvar RakhimovPHD, Respublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziJavohir YormatovRespublika ixtisoslashtirilgan Travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada son suyagi bo‘yni sinishlarida kompyuter 3D-rejalashtirish hamda raqamli jarrohlik texnologiyalarini qo‘llashning klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda uch o‘lchamli rekonstruksiya, bemorga xos anatomik modellarni yaratish, operatsiyadan oldingi virtual rejalashtirish va raqamli navigatsiya tizimlarining jarrohlik amaliyotidagi samaradorligi yoritilgan. Ushbu texnologiyalar implantlarni optimal joylashtirish, operatsiya davomiyligini qisqartirish, qon yo‘qotilishini kamaytirish, anatomik reduksiyani aniq tiklash hamda operatsiyadan keyingi funksional natijalarni yaxshilashga xizmat qilishi ko‘rsatildi. Shuningdek, 3D-rejalashtirishning asoratlar, qayta operatsiyalar va implant yetishmovchiligi xavfini kamaytirishdagi o‘rni ilmiy ma'lumotlar asosida baholandi. Zamonaviy raqamli jarrohlik texnologiyalarini ortopedik travmatologiya amaliyotiga keng joriy etish son suyagi bo‘yni sinishlarini davolash sifatini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba