SHO‘RLANISHNING O‘SIMLIKLARGA TA’SIRI: MOLEKULYAR VA PROTEOMIK YONDASHUVLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Yer yuzida iqlim o‘zgarishi natijasida, o‘simliklarga abiotik va biotik omillarning ta`siri kuchayib bormoqda. Bu esa, ularda hosildorlikning pasayishi, turli kasallik va zararkunandalarning miqdorini oshishiga olib kelmoqda. O‘simliklarga ta`sir qiluvchi abiotik omillardan biri tuproq sho‘rlanishi hisoblanadi. Sho‘rlanish o‘simliklar uchun eng muhim abiotik stress omillaridan biri bo‘lib, u fiziologik jarayonlar, gen ekspressiyasi va oqsil darajasida chuqur o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. So‘nggi yillarda molekulyar-biologik va “omics” texnologiyalarining rivojlanishi sho‘rlanishga chidamlilik mexanizmlarini tizimli ravishda o‘rganish imkonini berdi. Ushbu maqolada sho‘rlanishning o‘simliklarga ta’siri, molekulyar va proteomik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Hali tarjima qilinmagan