QORA VA SARIQ ZIRA URUG‘LARINING TARKIBIDAGI MAKRO VA MIKROELEMENTLAR MIQDOR ANALIZI
Obidjon Shaxabidinovich AbdulloyevAndijan State UniversityNilufar Mirobid qizi IsroilovaAndijan State University
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sariq zira (Carum carvi) va qora zira (Bunium persicum) tarkibidagi makro va mikroelementlar miqdorini induktiv bog‘langan plazmali optik-emission spektrometriya (IBP-OES) usuli yordamida aniqlash natijalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, namunalar tarkibida jami 69ta kimyoviy element mavjudligi aniqlandi. Makroelementlar orasida kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va natriy, mikroelementlar ichida esa temir, alyuminiy, rux, marganes va bor elementlari boshqa elementlarga nisbatan yuqori miqdorda ekanligi kuzatildi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba