Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

EMBRION RIVOJLANISHI: GURUHLI KULTIVATSIYANING INDIVIDUAL TIME-LAPSE TIZIMIGA NISBATAN USTUNLIGI

Kamolaxon XALILOVAOʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi, embriologSayfulla BOBOYEVOʻzbekiston Milliy universiteti, b.f.d, professorSitora ABDURAXMANOVAToshkent davlat tibbiyot universiteti, t.f.d, dotsentYaron GOIHMANIsroil tibbiyot markazi, MD
2026
ABI

Annotatsiya

In vitro sharoitida embrion rivojlanishining samaradorligi avvalo mikro-muhitning barqarorligi, muhit hajmi, metabolik yuklanish darajasi va embrionlar o‘rtasidagi parakrin signallarning mavjudligi bilan belgilanadi. Guruhli kultivatsiya embrionlar o‘rtasida biologik aloqalarning saqlanishiga imkon berib, metabolik stressni kamaytiradi va rivojlanish kompetentligini oshiradi[1,8]. Individual time-lapse kultivatsiyasi doimiy kuzatuv imkoniyatini bersa-da, kichik hajmdagi muhit va parakrin ta’sir yo‘qligi uning biologik samaradorligini cheklashi mumkin[3,10]. 436 ta IVF sikli tahlili shuni ko‘rsatdiki, 5-kunda yaxshi sifatli blastosista ulushi guruhli kultivatsiyada 40,8% bo‘lib, individual time-lapse sharoitidagidan (35,4%) yuqoridir[1,2]; urug‘lanish ko‘rsatkichlari va 6 - 7-kun blastulyatsiyasi esa o‘xshash bo‘ldi. Ushbu natijalar embrion rivojlanishi monitoring texnologiyasidan ko‘ra ko‘proq mikro-muhitning biologik va metabolik xususiyatlari bilan belgilanayotganini tasdiqlaydi. Shu bois guruhli kultivatsiya ko‘plab laboratoriya sharoitlarida afzal yondashuv sifatida qaralishi mumkin.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba