FOSFOR-32 RADIONUKLIDI ASOSIDAGI RADIOFARMATSEVTIK DORI VOSITASINING MOLYAR FAOLLIGINI SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH
Litsenziya: cc-by-nc-sa
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda tashuvchisiz fosfor-32 (³²P) bilan nishonlangan ortofosfat kislota (H₃[³²P]PO₄) ishlab chiqarish jarayonidapreparatning molyar faolligini (Ci/mmol) tezkor baholash uchun vanadiy–molibden reaktivi asosidagi sezgir spektrofotometrikusul ishlab chiqildi. Fosfat ionining vanadat va molibdat ionlari bilan nitrat kislota muhitida hosil qiladigan sariq fosfor– vanadiy–molibden (P–V–Mo) kompleksi 410 nm to‘lqin uzunligida maksimal yutilish beradi. Kalibrovka tenglamasi d = 0,07812·n +0,00783 (n×10 ⁸ mol), R² = 0,9993 bo‘lib, usulning⁻ chiziqliligini tasdiqlaydi. Aniqlash chegarasi (LOD) 0,17 mkg, miqdoriyaniqlash chegarasi (LOQ) 0,56 mkg, ishchi (chiziqli) diapazon 0,31–4,96 mkg fosforni tashkil etdi. Amaliy namuna uchun molyarfaollik 8410 Ci/mmol bo‘lib, nazariy qiymatdan chetlanish 1,06% ekanligi aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan