MIS VA KOBALT IONLARINI SAQLOVCHI BIMETALL FTALOSIANIN KOMPLEKSINING SINTEZI SAMARADORLIGIGA KATALIZATORNING TA'SIRI VA HOSIL BO'LGAN KOMPLEKSNING INFRAQIZIL SPEKTROSKOPIK TAHLILI
Annotatsiya
Annotatsiya. Ushbu maqolada bimetall mis-kobalt ioni saqlovchi ftalosianin kompleksining sintezlash jarayonida turlikatalizatorlarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bir qator katalitik tizimlar qo‘llanilib, ularni reaksiyaning kinetikasiga vamahsulotning hosil bo‘lish unumiga ta’siri tahlil qilindi. Tahlil natijalarga ko‘ra, qo‘llanilgan katalizatorlardan gidrid katalizatorishtirokida olib borilgan sintez jarayonining samaradorligi boshqalariga nisbatan sezilarli darajada oshgan, va hosil bo‘lganmahsulotning unumi eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Sintez qilib olingan mis-kobalt ftalosianin kompleksining infraqizil(IQ) spektral tahlili ftalosianin halqasidagi (–C–N–C–) bog‘lar, shuningdek, metall–azot bog‘lari (Mn–N, Cu–N) mavjudligiftalosianin halqasining shakllanib, bimetall ftalosianin kompleksining hosil bo‘lganligidan dalolat beradi.Kalit so‘zlar: Ftalosianin, ftalangidrid, mochevina, katalizator bimetal, IQ-spektr, valent tebranish, deformatsiyon tebranish
Hali tarjima qilinmagan