BOSHLANG'ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA SHUG'ULLANUVCHI KARATECHILARNING KUMITE (ERKIN JANG) DASTURI BO'YICHA QO'L ZARBALARI TEXNIK HARAKATLARINI RIVOJLANTIRISH USLUBIYATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi karatechilarning kumite yo‘nalishidaqo‘l zarbalarini rivojlantirish metodikasining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida musobaqa faoliyatitahlili asosida eng ko‘p qo‘llaniladigan zarbalar aniqlanib, ular negizida maxsus mashg‘ulot dasturi tizimli ravishdaishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.Tadqiqot boshida va yakunida karatechilarning texnik tayyorgarligini baholash maqsadida nazorat testsinovlari o‘tkazildi. Olingan natijalar kumite dasturi doirasida qo‘l zarbalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsusmashg‘ulot dasturining samaradorligini tasdiqladi.Shuningdek, tadqiqot natijalari kumite bellashuvlarida qo‘l zarbalari yaqin masofada, tezkor hujum va qarshihujum vaziyatlarida oyoq zarbalariga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.Kalit so‘zlar: kumite, texnik harakatlar, tayyorgarlik, maxsus dastur, qo‘l zarbalari, musobaqa tahlili.