Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Bolalarda miyaning minimal disfunksiyasini dolzarbligiga zamonaviy qarashlar: tarqalganligi va diagnostikasi (adabiyotlar sharhi)

Abdurayim ArzikulovAndijon davlat tibbiyot instituti, Andijon, OʻzbekistonR J MatmurodovToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Toshkent, O‘zbekistonShoxruxbek SapioxunovAndijon davlat tibbiyot instituti, Andijon, Oʻzbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Minimal miya disfunksiyasi tug‘ma travma yoki homiladorlik paytidagi muammolar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nevrologik kasalliklar majmuasidir. Ushbu adabiyotlar tahliliga bag‘ishlangan maqolada sindromning asosiy belgilari va sabablari, tarqalganligi va nima sababdan “MMD” atamasi eskirganligi tarixiy nuqtayi nazar va zamonaviy ma’lumotlar asosida tushuntirilgan. Eski atamani almashtirgan zamonaviy tashxislar bemorlarga tashxis qo‘yish va davolashdagi usullarni samaradorligiga ta’sirlari keltirilgan. Maqolada ushbu sindromning bolalar populyatsiyasida tarqalganligini o‘rganishdagi muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan eng so‘ngi jahon adabiyotlari asosida tahlil natijalari keltirilgan. Maqolada MMD bolaning keyingi rivojlanish davrlaridagi psixologik muammolarni hal etishga qaratilgan ma’lumotlar bilan boyitilgan. MMD klinik belgilarini polimorfligi ularni qator asab ruxiy kasalliklardan ajratib olishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan. Ko‘rib chiqilgan mavzuga oid adabiyotlardan umumiy xulosa qilish mumkinki, MMD ning barcha xollarida miya faoliyatini funksional rivojlanishini orqada qolishi kuzatiladi va keyingi klinik ko‘rinishlarga asos bo‘ladi. Bolalarning intellektual aqliy rivojlanishi ontogenetik rivojlanish etaplariga mos kelgan xolda, bolalarda maktab ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi va ijtimoiy moslashuvi qiyinlashadi. Ularda psixoemotsional noturg‘unlik, o‘ziga ishonchni yetishmasligi, o‘z o‘ziga baho berish ko‘rsatkichlarini pastlashishi, tajovuzkorlik kabi o‘ziga xos shaxsiyatida o‘zgarishlari rivojlanadi. Deyarli barcha bolalarda oilaviy va maktab muhitlarida moslashmaslik darajalariga qarab turli muammo va ziddiyatlar paydo bo‘ladi. Maktab fanlarini o‘zlashtirishda qiyinchiliklar, darslarga muntazam qatnashmaslik va turli noformal guruhlarga qo‘shilish moyilliklari rivojlanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba