Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MAKROFITLARDAN FOYDALANGAN HOLDA OQOVA SUVLARNI BIOTEXNOLOGIK TOZALASH

Dilobar Abdukaxarovna MirzayevaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiO‘g‘iloy O‘ktam qizi SabirovaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiZamira Baxtiyor qizi O‘rinboyevaIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiXasan Turdi o'g'li SagdiyevQarshi davlat texnika universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Oqova suvlar tarkibidagi biogen elementlar, toksik moddalar va patogen mikroorganizmlar miqdorining ortishi gidrosferaning ifloslanishi, ichimlik suvi tanqisligi hamda ekologik xavflarning kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli ekologik xavfsiz va innovatsion oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur tadqiqotda parrandachilik oqova suvlarini makrofitlar yordamida biotexnologik usulda tozalash samaradorligi baholandi. Materiallar va usullar Tadqiqotda parrandachilik oqova suvlari Azolla caroliniana, Lemna minor va Eichhornia crassipes makrofitlari yordamida biotexnologik usulda tozalandi. Tozalash samaradorligi suv sifatining ekologik va texnologik ko‘rsatkichlari asosida baholandi hamda makrofitlarning biologik xususiyatlari tahlil qilindi. Natijalar Tadqiqot natijalari parrandachilik oqova suvlarini Azolla caroliniana, Lemna minor va Eichhornia crassipes asosida biotexnologik usulda tozalash yuqori ekologik va iqtisodiy samaradorlikka ega “yashil texnologiya” ekanligini ko‘rsatdi. Mazkur usul oqova suvlarni samarali tozalash bilan birga biomassa hosil bo‘lishini ham ta’minladi. Xulosa Makrofitlarga asoslangan oqova suvlarni tozalash usuli kimyoviy va membranali texnologiyalarga nisbatan 4–8 baravar arzon bo‘lib, energiya sarfi pastligi va hosil bo‘ladigan biomassaning iqtisodiy qiymati bilan ajralib turadi. Ushbu yondashuv ekologik xavfsiz, iqtisodiy jihatdan samarali va barqaror “yashil texnologiya” sifatida tavsiya etiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar