Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Yarim ochiq vagon quyi lyuklarini yopish texnologik jarayonida ishchilarning fiziologik yuklanish darajasini kompleks baholash

I. ToshtemirovToshkent davlat transport universitetiO. XodjayevMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiA. K. YusupovToshkent davlat transport universiteti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘tarilgan temir yo‘lda joylashgan yarim ochiq vagonlarning quyi lyuklarini yopish jarayonida ishchilarning fiziologik yuklanishi sanitariya-gigiyenik mezonlar asosida baholangan. Tadqiqot davomida mushaklarning statik va dinamik zo‘riqishi, noqulay ishchi holati, bel sathida ishlash omili hamda takrorlanuvchi kuchlanishlar tahlil qilindi.Shuningdek, lyuklarni qo‘lda yopish jarayoni ularning katta massasi va ochiq holatdan yopiq holatga keltirilishi zarurati sababli ishchi organizmiga sezilarli biomexanik yuklama keltirib chiqaradi. Bu holat, ayniqsa, bel qismi va yelka mushaklarida yuqori darajadagi statik zo‘riqish bilan tavsiflanadi. Muammoni kamaytirish maqsadida lyuklarni estakadaga o‘rnatilgan monorels bo‘ylab harakatlanuvchi elektro tal qurilmasi yordamida yopish usuli taklif etildi. Qiyosiy baholash natijalari ushbu mexanizatsiyalashgan yechim ishchilarning fiziologik yuklanishini kamaytirish, mehnat xavfsizligini oshirish va jarayon samaradorligini yaxshilash imkonini berishini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba