Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyatini shakllanishi

Akhror J. AbdullayevToshkent arxitektura-qurilish universiteti, Qurilish fakulteti
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qurilish sanoatining iqtisodiy tizimdagi o‘rni va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Qurilish sohasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, hududlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlari hajmi hududlar kesimida statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining ulushi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida qurilish sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, investitsiya jarayonlarini samarali tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari qurilish sanoatining iqtisodiyotda muhim drayver tarmoq sifatida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba