Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA'SIRINI MODELLASHTIRISH

2026uz
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

PEDAGOGLARNI TAYYORLASH JARAYONIDA IMMERSIV TEXNOLOGIYALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHGA TA’SIRINI MODELLASHTIRISH Abdurazoqov Boburjon Sobirjon o‘g‘li SamDPI PhD dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.21443921 Annotatsiya: Mazkur tadqiqot pedagoglarni tayyorlash jarayonida immersiv texnologiyalarning (virtual reallik, kengaytirilgan reallik va aralash reallik) bo‘lajak pedagoglarning kognitiv rivojlanishiga ta’sirini modellashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda immersiv ta’lim muhiti orqali talabalarning diqqat, xotira, tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal etish va metakognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, immersiv texnologiyalar asosida kognitiv rivojlanishni baholash va prognozlash modeli ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik ta’lim sifatini oshirish hamda innovatsion ta’lim muhitlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: immersiv texnologiyalar, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, pedagoglarni tayyorlash, kognitiv rivojlanish, ta’lim muhiti, metakognitiv ko‘nikmalar, raqamli pedagogika, ta’lim innovatsiyalari, modellashtirish.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba