ROBOT MANIPULYATORLARIDA VAKUUM BOSIMINI REAL VAQT REJIMIDA BOSHQARISH ORQALI QOG‘OZNI UZATISH ANIQLIGINI OSHIRISH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada robot manipulyatorlarida vakuum bosimini real vaqt rejimida boshqarish orqali qog‘oz materiallarini uzatish aniqligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Taklif etilgan yondashuvda vakuum tizimi bosim sensori va PID-regulyator asosida adaptiv tarzda boshqarilib, qog‘ozning qalinligi va sirt xususiyatlariga mos ravishda vakuum darajasi avtomatik sozlanadi. Tadqiqot natijalari real vaqt boshqaruv tizimi an’anaviy doimiy vakuum tizimiga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, uzatish aniqligi oshgani, noto‘g‘ri ushlash holatlari kamaygani va energiya sarfi qisqargani aniqlandi. Ushbu yondashuv sanoat robototexnika tizimlarida qo‘llash uchun samarali yechim sifatida tavsiya etiladi
Hali tarjima qilinmagan