Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

CHASTOTA BOSHQARILADIGAN NASOS TIZIMIDA ENERGIYA YO‘QOTISHLARINI ZANJIR BO‘YLAB TAHLIL QILISH VA OPTIMALLASHTIRISH

Botirjon QurvonboyevNamangan davlat texnika universiteti
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada suv ta'minoti va sug‘orish tizimlarida chastota boshqariladigan nasos agregatlarining energiya yo‘qotishlari tahlil qilinadi. 100 kWt quvvatli model tizim misolida to‘liq energiya uzatish zanjiri (elektr tarmoq → chastota o‘zgartirgich → asinxron dvigatel → nasos agregati → gidravlik tarmoq) bo‘yicha yo‘qotishlar mexanizmlari, ularning fizik asoslari, miqdoriy bahosi va optimallashtirish strategiyalari batafsil yoritiladi. MATLAB/Simulink muhitida qurilgan dinamik matematik model yordamida nominal rejimda umumiy tizim samaradorligi 31.7% ekanligini, 75% yuklamada esa chastota boshqaruvi orqali 58.6% gacha energiya tejash potentsiali mavjudligini aniqlandi. Kompleks optimallashtirish strategiyasi (gidravlik tarmoq rekonstruksiyasida IE4 sinf dvigatel qo‘llash orqali yuqori samarali nasos) yordamida umumiy samaradorlikni 44.8% gacha oshirish mumkinligi ko‘rsatildi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan suv xo‘jaligi modernizatsiya dasturlari kontekstida amaliy tavsiyalar beradi va yillik 531,612 kWt·soat energiya tejash, 265.8 tonna CO₂ emissiyasini kamaytirishni ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar