Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

AXBOROT-TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA PAST INTENSIVLI TAQSIMLANGAN XIZMATDAN VOZ KECHISH (DDoS) HUJUMLARINI ANIQLASH MODELI VA METODIKASI

Nodirbek O‘rinovAndijon davlat universiteti
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada axborot-telekommunikatsiya tizimlarida past intensivli taqsimlangan xizmatdan voz kechish (LR-DDoS) hujumlarini aniqlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, mavjud usullar asosan yuqori intensivli hujumlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, LR-DDoS trafikining qonuniy foydalanuvchi xatti-harakatiga o‘xshashligi ularni aniqlashni murakkablashtiradi. Tadqiqot maqsadi – yuqori aniqlik va past yolg‘on ijobiy darajani ta’minlovchi gibrid model ishlab chiqishdir. Taklif etilgan ikki bosqichli model statistik-entropik tahlil va stacking-ansambl mashinaviy o‘qitish usullarini birlashtiradi. Metodika belgilarni tanlash, o‘qitish, optimallashtirish va baholash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tajribalar CIC-DDoS2019, CIC-IDS2017 hamda laboratoriya trafiklari asosida o‘tkazildi. Natijalar yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar