EKSSENTRIK QAYISHQOQ ELEMENTLI MUSHTUMCHALI MEXANIZMLARDA ORTIQCHA BOG‘LANISHLARNI BARTARAF ETISH
Ochiq kirish: yoʻq
Annotatsiya
Ushbu maqolada guruch saralash mashinasi yuritmasining ekssentrikli qayishqoq elementga ega mushtumchali mexanizmi sxemasi keltirilgan. Unda, bikr mushtumchaga nisbatan, qayishqoq mushtumchaning ish jarayonida yetarlicha deformatsiyalanishi va harakat qonunining o‘zgarishi natijasida ortiqcha bog‘lanishlar paydo bo‘lishi hamda ularni bartaraf etish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada yuqori kinematik juftlarni quyi kinematik juftlar bilan almashtirish usullari bayon etilgan va qayishqoq elementning deformatsiya qiymati hisobiga koromislo, shatun hamda krivoship o‘lchamlarining o‘zgarishini inobatga oluvchi ifodalar keltirilgan.
Hali tarjima qilinmagan