Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ISTE’MOL NARXLARI INDEKSI METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH: GSBPM/GSIM ASOSIDAGI ISHLAB CHIQARISH VA MODIFIKATSIYALANGAN YOUNG AGREGATSIYASI

Ismailova Shaxnoza UktamovnaIndependent researcher at the Institute of Personnel Training and Statistical Research of the National Statistics Committee of the Republic
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada iste’mol narxlari indeksi (INI) metodologiyasini zamonaviy rasmiy statistika talablari asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi INI ishlab chiqarish jarayonini xalqaro statistik standartlar bilan uyg‘unlashtirish, hisob-kitoblarning aniqligi, qamrovi, barqarorligi va shaffofligini oshiruvchi metodologik yondashuvlarni asoslashdan iborat. Maqolada INI ni shakllantirish jarayonlari GSBPM va GSIM asosida tizimli ko‘rib chiqilgan, bu esa narx ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, tekshirish, tahlil qilish va e’lon qilish bosqichlarini yagona mantiqiy zanjirda baholash imkonini beradi. Elementar indekslarni hisoblashda Jevonsning geometrik o‘rtachasi, yuqori agregatsiya bosqichlarida esa modifikatsiyalangan Young yondashuvining qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, vaznlar tizimini uy xo‘jaliklari budjeti kuzatuvi ma’lumotlari asosida shakllantirish, narx ma’lumotlarini CAPI, CATI, web scraping va tranzaksion manbalar orqali yig‘ish hamda ularni integratsiyalashning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, amaldagi indekslashgan vaznlar sxemasini bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqish, Young va geometrik Young formulalaridan foydalanish, shuningdek, validatsiya va imputatsiya mexanizmlarini kuchaytirish INI ko‘rsatkichining iqtisodiy mazmunini aniqroq ifodalashga xizmat qiladi. Xulosa sifatida, metodologik modernizatsiya INI ning xalqaro qiyosiyligini oshirish, ma’lumotlar sifatini mustahkamlash va rasmiy statistikaning tahliliy imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omili ekanligi asoslab berilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba