Qayta tiklanadigan energiya integratsiyasining iqtisodiy samaradorlik determinantlari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalashning iqtisodiy samaradorlik determinantlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda energiya tizimining barqaror rivojlanishi va investitsion jozibadorligini oshirishdagi asosiy omillar aniqlanadi. Tadqiqotda iqtisodiy, texnologik, institutsional va hududiy omillarni integratsiyalashgan yondashuv orqali baholash metodologiyasi ishlab chiqilgan. Loyiha rentabelligi, energiya tannarxi, kapital samaradorlik, investitsion risk va davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari qayta tiklanadigan energiya tizimini optimallashtirish, investitsion strategiyalarni shakllantirish va milliy energetika siyosatini ilg‘or xalqaro tajribaga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan