Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PLATFORMA MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

To'ymurodova Kibriyo Abdirauf qiziLaw enforcement academy of Uzbekistan
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida platforma mehnatini huquqiy tartibga solishning nazariy va amaliy masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda platforma mehnati tushunchasi, uning huquqiy tabiati, platforma operatori hamda platforma orqali ishlovchi shaxslarning huquqiy maqomi yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat qonunchiligi tahlil qilinib, platforma mehnatini tartibga solishda mavjud huquqiy bo'shliqlar va amaliy muammolar aniqlangan. Yevropa Ittifoqi, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh tajribasi qiyosiy-huquqiy jihatdan o'rganilib, ularning ijobiy jihatlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqot yakunida platforma mehnatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, platforma orqali ishlovchi shaxslarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini mustahkamlash hamda mehnat qonunchiligini zamonaviy xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba