Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RASTRLI TASVIRLARNI VEKTORLASH UCHUN FILTRLASH, KONTUR ANIQLASH, SPLAYN-APPROKSIMATSIYA, SEMANTIK QAYTA ISHLASH ASOSLANGAN KOMBINATSIYALANGAN USUL

Shaxislam JoldasovTashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-KhwarizmiSaida BeknazarovaTashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada rastrli tasvirlarni yuqori aniqlikda vektorlash uchun filtrlash, kontur aniqlash, splayn-approksimatsiya va semantik qayta ishlash bosqichlarini o‘z ichiga olgan kombinatsiyalangan usul taklif etiladi. Taklif etilgan yondashuv klassik tasvirni qayta ishlash algoritmlarining aniqligi hamda egri chiziqlarni matematik modellashtirish usullarining ravonligini birlashtiradi. Usulda tasvirga oldindan ishlov berish orqali shovqin kamaytiriladi, konturlar aniqlanadi va topologik tozalash amalga oshiriladi, so‘ngra konturlar adaptiv splaynlar yordamida vektor egri chiziqlarga aylantiriladi. Semantik qayta ishlash bosqichi oddiy geometrik shakllarni aniqlash va ularni optimal vektor obyektlar bilan almashtirish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari taklif etilgan usul tugunlar sonini kamaytirish, kontur aniqligini oshirish va SVG formatdagi fayllarning samaradorligini yaxshilashini ko‘rsatadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba