Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMAGA TURLI YONDASHUVLAR

Marxabo AbdullayevaG‘arb tillari kafedrasi dotsenti, PhD Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti https://orcid.org/0000-0001-9868-599X [email protected] Toshkent, O‘zbekiston
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita (bilvosita) tarjimaning lingvistik va madaniy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Bevosita tarjima asliyat tilidagi leksik, grammatik va sintaktik birliklarni imkon qadar so‘zma-so‘z ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, bilvosita tarjima mazmunni qayta shakllantirish, ekvivalent vositalar orqali kitobxonga tushunarli tarzda yetkazishga asoslanadi. Madaniy jihatdan qaralganda, bevosita tarjima milliy-madaniy rang-baranglikni saqlashga yordam bersa, bilvosita tarjima orqali qabul qiluvchi auditoriya uchun qiyosiy ravishda qulayroq va sodda matn yaratiladi. Mustaqillik yillarida ingliz tilini mukammal biladigan tarjimonlar faoliyatining kengayishi natijasida o‘zbek kitobxonlari jahon adabiyoti durdonalari bilan asl manbadan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, J.Oruellning “1984” va “Molxona”, F.Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi”, J.Grinning “Tepaga qaragan yulduz” kabi asarlarning ona tilimizga tarjimasi jarayonida bevosita va bilvosita yondashuvlarning o‘ziga xos imkoniyatlari hamda cheklovlarini ochib berdi. Tadqiqot davomida ikki tarjima usulining lingvistik imkoniyatlari, estetik samarasi, madaniy ekvivalentlikni ta’minlashdagi o‘rni, afzallik va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

2 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba