Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BRAKONNI KO‘PAYTIRISH QURILMASINI YARATISH

Botirjon Abdushukirovich SulaymonovToshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetiUlug‘bek BaxodirovO‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali
2026

Ochiq kirish: yoʻq

ABI

Annotatsiya

Maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi konstruksiyadagi qurilmaning tuzilishi va texnologik imkoniyatlari bayon etilgan. Qurilma katta mum parvonasi (Galleria mellonella L.) lichinkalari va g‘umbaklarini parazitlash, entomofag avlodlarini rivojlantirish hamda ularni saqlash va tarqatish jarayonlarini yagona texnologik tizimga birlashtirish imkonini beradi. Tadqiqotlar natijasida qurilmaning biolaboratoriya sharoitida brakonni ommaviy ko‘paytirish jarayonini soddalashtirishi, qo‘l mehnati sarfini kamaytirishi, entomofaglarning hayotchanligini oshirishi hamda ularni dala sharoitida samarali tarqatish imkonini ta’minlashi aniqlandi. Yaratilgan texnik yechim biologik himoya vositalarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va kelgusida mexanizatsiyalashgan tarqatish texnologiyalarini joriy etish uchun muhim ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba