BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Maqsad. Mazkur maqolaning maqsadi barqaror rivojlanish sharoitida tadbirkorlik faoliyatida innovatsion jarayonlarni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Usul. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, institutsional yondashuv va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natija. Innovatsion jarayonlarni boshqarishda raqamli transformatsiya, ochiq innovatsiyalar, klaster yondashuvi va universitet–biznes–davlat hamkorligiga asoslangan mexanizmlarning afzalliklari asoslab berildi. Xulosa. Tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish korxonalar raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion mahsulotlar ulushini ko'paytirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashga xizmat qiladi.