BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA HUDUDIY INNOVATSION SIYOSAT VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI
Annotatsiya
Maqsad. Mazkur maqolaning maqsadi hududiy innovatsion siyosatning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o'rni va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Usul. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, institutsional yondashuv, statistik tahlil va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natija. Hududiy innovatsion siyosatni samarali amalga oshirishda innovatsion infratuzilma, klasterlar, texnologiyalar transferi, universitet–biznes–davlat hamkorligi va raqamli boshqaruvning ustuvor yo'nalishlari asoslab berildi. Xulosa. Hududiy innovatsion siyosatni takomillashtirish tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faolligini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi.