Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TRIXOGRAMMA PARAZITINI ZARARKUNANDA TUXUMLARIGA QARSHI QO‘LLASHNING TURLI USULLARI

Botirjon Abdushukirovich SulaymonovToshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetiAzimjon AnorbayevO‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi trixogrammani tarqatishning ikki xil usulining biologik samaradorligi qiyosiy baholandi. Tajribalarda Trichogramma chilonis Ishii turi an’anaviy imago holatida qog‘oz qiyqimlarda va yangi usul sifatida trixokartalarda tarqatilib, ularning parazitlash darajasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, trixokartalarda tarqatilgan trixogrammalarning dala sharoitida 5–6 kun davomida bosqichma-bosqich uchib chiqishi tufayli biologik samaradorligi 84 % ni tashkil etgan bo‘lsa, an’anaviy usulda bu ko‘rsatkich 46,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, trixokartlardan foydalanish ishchi kuchi va tarqatish xarajatlarini kamaytirishi aniqlandi. Olingan natijalar trixokartlardan foydalanish g‘o‘za tunlamiga qarshi biologik kurash samaradorligini oshirishda istiqbolli usul ekanligini ko‘rsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba