O‘ZBEKISTONDA IXTISOSLASHGAN HUDUDLARNING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi ixtisoslashgan hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida iqtisodiy-statistik tahlil, regressiya usuli hamda solishtirma tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot uchun 2015–2025-yillar oralig‘idagi investitsiya ko‘rsatkichlari, infratuzilma holati, logistika tizimi va soliq preferensiyalari bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, transport-logistika infratuzilmasining rivojlanganligi, soliq imtiyozlari hamda institutsional qulayliklar investitsiya oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, erkin iqtisodiy zonalarda yaratilgan qulay investitsion muhit xorijiy investitsiyalar hajmining oshishiga xizmat qilmoqda. Tadqiqot yakunida ixtisoslashgan hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Hali tarjima qilinmagan