Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

MINTAQADA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mohinur Bahodir qizi QodirovaKarshi State Technical University
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mintaqada barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan investitsion faollik, sanoat ishlab chiqarishi, eksport salohiyati, innovatsion rivojlanish va infratuzilma holatining iqtisodiy o‘sish jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, mintaqalarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda mavjud iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligi baholangan. Tadqiqotda iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy tahlil, korrelyatsion-regression tahlil va tizimli yondashuv usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar hududiy iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlashda investitsiyalar hajmini oshirish, sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillarning econometrik baholanishi asosida hududiy rivojlanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, investitsiya dasturlarini shakllantirish hamda mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida foydalanish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar