Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YOSHLAR TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA MARKETING TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING RAQAMLI OMILLARI VA EMPIRIK TAHLILI

Otabek Sobirjon oʻgʻli MusurmonovToshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
2026
Ochiq kirishOlmos

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorlik subyektlarida marketing texnologiyalaridan foydalanish holati statistik va empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari hamda 1250 nafar yosh tadbirkor o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan foydalanildi. Maqolada 2023–2025-yillarda 18–30 yoshli o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar sonining keskin oshgani, raqamli infratuzilma va elektron tijorat hajmining kengaygani, biroq marketing texnologiyalaridan foydalanish darajasi hali ham notekis ekanligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, social media marketing yosh tadbirkorlar orasida nisbatan keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, CRM tizimlari, analytics tools va chatbot/AI kabi tizimli texnologiyalardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. Maqolada marketing texnologiyalarini Business Model Canvas bloklari bilan integratsiya qilish yosh tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishda muhim yo‘nalish sifatida asoslangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar