RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDLARDA IQTISODIYOT TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH: NAZARIYA, AMALIYOT VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston hududlarida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning nazariy asoslari, zamonaviy holati va istiqbollari tadqiq etilgan. Maqolada hududiy iqtisodiy rivojlanish, raqamli texnologiyalarning tarmoqlarga ta’siri, aqlli shaharlar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data) va Internet of Things (IoT) kabi texnologiyalarning hududiy iqtisodiyotga integratsiyasi tahlil qilingan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, 2030-yilga qadar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va uning mintaqaviy aspektlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya hududiy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida samaradorlikni 25-40% ga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Hali tarjima qilinmagan