Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Qishloq xo‘jaligida “Smart Logistics” texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi

Bahora Shuhratovna OlimovaKarshi State Technical University
2026
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida “Smart Logistics” texnologiyalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi, uning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi aqlli logistika texnologiyalarining agrar mahsulotlarni saqlash, tashish va taqsimlash jarayonlaridagi iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholash hamda ularni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt, GPS monitoring, RFID identifikatsiya tizimlari va Big Data texnologiyalarini logistika jarayonlariga integratsiya qilish transport xarajatlarini kamaytirish, mahsulot yo‘qotishlarini qisqartirish, yetkazib berish muddatlarini optimallashtirish hamda logistika operatsiyalarining shaffofligini oshirish imkonini beradi. Natijada agrar korxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi. Tadqiqot yakunida qishloq xo‘jaligida “Smart Logistics” texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar