QISHLOQ XO‘JALIGIDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDА JAHON MAMLAKATLARI TAJRIBASI
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha jahon mamlakatlari tajribasi tahlil qilingan. Xususan, AQSH, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarda oilaviy fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, davlat siyosati va iqtisodiy rag‘batlantirish usullari o‘rganilgan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashdagi o‘rni baholangan. Tadqiqot natijasida xorijiy tajribalarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan